Alfraganus universiteti rektori Muxammadismoil Maxmudov Osh Davlat universitetidan tashrif buyurgan mehmonlar, geografiya fanlari nomzodi dotsent Samiyev Kalibek Tartankushovich hamda rus filologiya kafedrasi o`qituvchisi, dotsent Sabiraliyeva Zamira Mametovnalarni qabul qildi.


Ikki tomonlama o`tkazilgan muzokaralarda universitetlarning Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi bilan kadrlar tayyorlashda, professor - o`qituvchilarning “Scopus and Web of Science” bazasiga maqolalar yozish, yashil iqtisodiyot boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish hamda talabalar almashinuvi bo`yicha oʻzaro hamkorlik qilish masalalarida kelishib oldilar. Uchrashuv so`ngida universitetimiz rektori mehmonlarga sovg`alar topshirdi.