Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida Ozarbayjon Davlat Pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilgan “Adabiy aloqa ijodiy jarayon ko‘zgusi” mavzusidagi antologiya taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
![]() |
Mazkur tadbirda Sharq filologiyasi kafedrasi v.b. professori Surayyo Eshonqulova Alfraganus universiteti nomidan ishtirok etdi.
![]() |
Taqdimot yakunida Ozarbayjon Davlat Pedagogika universiteti va Alfraganus universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



