Alfraganus universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nozim Mo‘minov hamda Tibbiyot fakulteti dekani Ozodjon Kuliyev Ozarbayjonning "Organization of Medical Projects (OMP) LLC" kompaniyasi asoschisi va direktori Samir Ibadov, "Azestetik Group MJCH" kompaniya rahbari Fariz Memmedovlar o'rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish, tibbiyot yo‘nalishida zamonaviy texnologiyalarni universitet klinikasiga joriy etish hamda ularni talabalarning amaliyotda qo‘llashlari uchun shart-sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada Alfraganus universiteti hamkorligida o'tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.