Rossiya Federatsiyasining B.N. Yelsin nomidagi Ural Federal universitetida o‘tkazilayotgan "Yozgi universitet – 2025–2026" xalqaro ta’lim loyihasi doirasidagi Milliy madaniyat kechasida Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakulteti talabalari fakultetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Shohida Yuldasheva boshchiligida O‘zbekistonning boy milliy qadriyatlarini munosib namoyish etdilar.

Tadbirda milliy taomlarimiz — osh va somsa, shuningdek, O‘zbekistonning sara mevalari dunyoning 15 davlatidan kelgan ishtirokchilarga taqdim etildi. Mehmonlar o‘zbek milliy taomlari, raqslari, urf-odatlari va bugungi Yangi O‘zbekistonning yutuqlariga yuksak baho berib, mamlakatimizga albatta tashrif buyurish istagini bildirdilar.

Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida Alfraganus universiteti rahbariyati, universitet rektori, Stomatologiya va farmatsiya fakulteti, kafedra jamoasi, Lola Tairxanovna hamda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi vakillarining amaliy ko‘magi alohida ahamiyat kasb etdi.