21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining bir guruh iqtidorli talabalari tyutorlar J. Baxtiyorov va G. Sattorova boshchiligida Bangladesh elchixonasiga tashrif buyurdilar.
![]() |
![]() |
Tashrif davomida Bangladesh elchisi Muhammad Monirul Islom janoblari bilan o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyati haqida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
![]() |
![]() |
Tadbir yoshlar uchun xalqaro muloqot, madaniyatlararo do‘stlik va tilga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytiruvchi muhim uchrashuv bo‘ldi.





