lfraganus universitetining hamkorlar safi tobora kengayib bormoqda. Nafaqat xorijiy davlatlar hududidagi tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirib kelmoqda, balki yurtimizda faoliyat olib borayotgan ko‘plab ta’lim muassasalari ham shular jumlasidan. 

Shunday ekan, Alfraganus universiteti rahbariyati vakillari bugun, O‘zbekiston madaniyati va san’ati institutiga tashrif buyurdilar va u yerda iliq kutib olindilar. Kun tartibiga ko‘ra, bizning delegatsiya mezbonlar tomonidan u yerda tahsil olayotgan talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. 


Tashrifning qolgan masalalari bo‘yicha, bo‘lib o‘tgan davra suhbati davomida muhokama qilindi va Alfraganus universiteti hamda uning san’atsevar talabalari uchun foydali masalalari haqida kelishib olindi.

 Natijada esa, universitetlar o‘rtasida: 

- talabalar hamda o‘qituvchi-professorlarni almashinuvi;

- madaniy – ma’rifiy tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish;

- O‘zbekiston madaniyati va san’ati institutida faoliyat olib borayotgan teatr studiyasiga bizning universitet talabalarini jalb qilish; 

- kelgusida tashkil etilishi kutilayotgan katta tadbir va marosimlarga O‘zbekiston madaniyati va san’ati institutining yetakchi rejissyorlari jalb qilinishi kabi masalalar belgilanib, ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.