Pedagogika fakultetining tashabbusi bilan Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy loyihalarni tayyorlashga qo‘yiladigan zamonaviy talablar” mavzusida ilmiy seminar o'tkazildi.
Ushbu ilmiy seminarda olim, psixologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aʼzosi — akademik Shoumarov G'ayrat Baxramovich ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdagi jiddiy e'tibor berilishi lozim bo'lgan muhim omillar, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy loyihalarni tayyorlashga qo‘yiladigan zamonaviy talablarga oid o'zlarining qimmatli bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashdi.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy loyihalarni tayyorlashga oid savollarga akademik G'.B. Shoumarov tomonidan javob sifatida batafsil ma'lumotlar berildi.