Alfraganus universiteti Pedagogika fakulteti, Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, professor B.Umarov raisligida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazildi. 

Yig'ilishda Pedagogika va psixologiya yo'nalishi magistrantlarining akademik daraja olish uchun tayyorlagan dissertatsiyalarining himoyaoldi holati ko'rib chiqildi. Monitoring jarayonida magistrantlarga ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.