Pedagogika fakultetining Psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun tabiat qo‘ynida “Sayyor dars” tashkil etildi.

Mazkur dars talabalarning kasbga oid bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda real muhitda tajriba orttirishga qaratildi.

Dars jarayonida talabalar amaliy psixolog Dilafruz Sur’atovna faoliyati bilan tanishdilar, “Mix terapiya” bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etib, amaliy bilimga ega bo‘ldilar. Shuningdek, kognitiv psixologiya doirasida xotirani mustahkamlovchi metodlar va treninglar bilan tanishdilar.