Alfraganus universiteti Pedagogika fakulteti talabalari uchun "Lucem" logomarkaz rahbari, defektolog-logoped, neyropsixolog Nargiza Ahmedova tomonidan "Dizartriya tashxisli bolalar bilan olib boriladigan korreksion-logopedik ish bosqichlari" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

Seminar-trening davomida dizartriya tashxisli bolalar bilan olib boriladigan logopedik massaj, teyp terapiya, dizartriyada tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni korreksiyalash hamda dizartriyani korreksiyalashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo'yicha ma'lumotlar berildi.