Pedagogika fakulteti tomonidan "Yangi O'zbekistonda pedagogika va psixologiyaning zamonaviy tendensiyalari" mavzusida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi.
Ushbu konferensiya natijasida talabalar ilmiy faoliyatga yanada keng jalb etildi, iqtidorli talabalar safi kengaydi, fakultetda “ustoz-shogird” tizimining natijadorligi oshdi. Shuningdek, pedagogika, psixologiya va inklyuziv ta’lim sohalarida amaliy imkoniyatlar aniqlanib, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari belgilab olindi.
Konferensiya mazmunan boy va qiziqarli mavzular asosida tashkil etildi hamda tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Iqtidorli talabalar tomonidan taqdim etilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tashkilot vakillari bilan kelishuvlarga erishildi.