Alfraganus universiteti Pedagogika fakultetining Defektologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarning taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur taqdimot kafedra dotsentlari U.M. Utbasarova, N.Z. Abidova va Z.A. Karimova rahbarligida tayyorlangan, defektologiya sohasiga oid muhim uslubiy qo‘llanmalar asosida tashkil etildi. Ushbu qo‘llanmalar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim manba sifatida e’tirof etildi.

Taqdimotda Alfraganus universiteti rektori Muxammadismoil Maxmudov boshchiligida, fakultet dekani, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ta’lim sifatini oshirish, defektologiyada ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ulardan dars jarayonlarida foydalanish muhimligi ta’kidlandi.