Alfraganus universiteti Pedagogika fakulteti Defektologiiya yo'nalishi talabalari tomonidan kafedra dotsentlari:
U.M.Utbasarova, N.Z.Abidova, Z.A.Karimovalar rahbarligida quyidagi uslubiy qo'llanmalar nashrdan chiqarildi:
— Axmedova Lola Rixsiboyevna, "Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar bilan olib boriladigan logopedik mashg'ulotlar to'plami" nomli uslubiy qo'llanma;
— Saydaliyeva Xojiya Abdujalil qizi, "Duduqlanish" nomli uslubiy qo'llanma;
— G'aniyeva Gulrux Tavakkaljon qizi, "Nutqning to'liq rivojlanmasligining birinchi darajasida olib boriladigan mashg'ulotlar to'plami" nomli uslubiy qo'llanma;
— Otajonova Dilrabo Ramil qizi, "Quvnoq tovushlarni o'ynab mustahkamlaymiz" nomli uslubiy qo'llanma;
— Isayeva Mushtariy Alisher qizi, "Farzandim duduqlanmay ravon gapirsin desangiz" nomli uslubiy qo'llanma;
— Ataxodjayeva E'zoza, "Og'ir nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalar xotirasini shakllantirish uchun mnemotexnik she'rlar to'plami" nomli uslubiy qo'llanma;
— Usmanova Nilufar Ilhom qizi, "Rinolaliyada olib boriladigan logopedik mashg'ulotlar to'plami" nomli uslubiy qo'llanma;
—Defektologiiya yo'nalishining DEF-22-1 guruh talabalari, "Sensor buzilishi bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan kompleks korreksion texnologiyalar" nomli uslubiy qo'llanma.
Fakultet talabalarining talab va istaklariga asosan yuqoridagi talabalarning qo‘llanmalari yarmarkasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.