Alfraganus universiteti klub rahbarlari hamda talabalar ishtirokida Toshkent shahridagi "Planetariy" muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
![]() |
Ekskursiya davomida talabalar koinotga oid bo‘lgan turli kashfiyotlar, sayyoralar tizimi hamda buyuk bobokalonlarimizning astronomiya sohasidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar.
![]() |
Mazkur tashrif talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy va zamonaviy ilm-fan asoslarini chuqurroq anglashga xizmat qildi.
![]() |
![]() |
Tadbir yakunida universitet klub rahbarlari tomonidan “Planetariy” xodimlariga Alfraganus universitetining esdalik sovg‘alari topshirildi.