Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida klub tanlovi
Alfraganus universiteti "AFU ilm nuri" klubi tomonidan "Bilim zarbasi" tanlovi onlayn tarzda klub doirasida o'tkaziladi.
Tanlov avgust oyining oxirigacha davom etib, haftada bir marta yakshanba kuni onlayn savol-javob klubda bo'lib o'tadi. Savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilarning har oy o‘rtacha reyting e’lon qilinib tanlov yakuni 5-sentyabr kuni e'lon qilinadi.
Tanlov g'oliblariga:
— 1-o‘rin - Diplom, planshet;
— 2-o‘rin - Diplom, kitob, soat;
— 3-o‘rin - Diplom, kitob, quloqchin taqdim etiladi.