Alfraganus universiteti Turizm fakultetining bir guruh talabalari bilan birgalikda qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston davlatlarning talabalari ham Polshaning Slupsk shahridagi Pomeranian universitetida o'zaro hamkorlik doirasida ta'lim olishmoqda.

Pomeranian universitetida ta'lim olayotgan talabalar tomonidan Markaziy Osiyo xalqlarining  milliy qadriyat, urf-odat, madaniyat va an'analarni namoyish etish maqsadida "Navro'z" bayramiga bag'ishlangan madaniy tadbir tashkil etildi.