Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakulteti dekani Shoxidbek Nishonov boshchiligida “AFU stom” klubi faol a’zolari tomonidan olib borilayotgan volontyorlik ishlari davom etmoqda.
![]() |
![]() |
Navbatdagi volontyorlik tadbiri Toshkent shahar Olmazor tumani 533-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etildi.
![]() |
![]() |
Tashabbus doirasida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda tish salomatligini asrash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
![]() |
![]() |
Tadbir jarayonida bolalarga og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi, tishlarni to‘g‘ri parvarish qilish, foydali odatlarni shakllantirish hamda kundalik gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.







