Alfraganus universiteti rahbariyat vakillari, prorektorlar, departament rahbarlari, bo‘lim boshliqlari hamda fakultet dekanlari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli illatlarning oldini olish hamda talaba-yoshlar ongida huquqiy va ma’naviy madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, talaba-yoshlar bilan tizimli ishlash hamda xavfli illatlarning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.