Alfraganus universitetida psixologiya va pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun taniqli psixolog Shoira Isaqova bilan uchrashuv tashkil etildi.

Suhbat davomida talabalarga ruhiy salomatlikni asrash, shaxsiy rivojlanish, ta’lim jarayonida psixologik yondashuvlarning ahamiyati haqida muhim ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga kasbiy faoliyatda psixologik bilimlarni qo‘llash bo‘yicha foydali tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Mazkur uchrashuv talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyatida ruhiy jarayonlarni chuqur anglash, o‘z ustida ishlash va barkamol mutaxassis bo‘lib yetishishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.