Alfraganus universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nozim Muminov, Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Mo'minjon Xo‘jayev va Raqamli texnologiyalar fakulteti dekani Abduaziz Abdurahmonovlar Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta'lim vazirligi huzuridagi Milliy fan qo‘mitasining Axborot va hisoblash texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (RSE) bosh direktorining o‘rinbosari, fan doktori, professor Mamirbaev Orken Jumajanovich bilan uchrashdi.


Unda anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.


Uchrashuvda raqamli texnologiyalar, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt sohalaridagi zamonaviy muammo va yechimlar doirasida xalqaro seminar va konferensiyalar o‘tkazish, hamkorlikda monografiyalar hamda ilmiy maqolalar yozish, almashinuv dasturlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish masalalari keng muhokama qilindi.
_________________________________

ALFRAGANUS UNIVERSITY