Qozog‘iston Respublikasi Ostana Tibbiyot universiteti Farmatsiya fakulteti katta o‘qituvchisi Toyshubekova Nursulu Serikkaziyevna rahbarligida Farmatsiya yo‘nalishi talabalari Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti amaliyot bazalarida malakaviy amaliyot o‘tash maqsadida tashrif buyurdilar.
![]() |
Dastlab universitet faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari va zamonaviy o‘quv-laboratoriya bazalari bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, mehmonlar farmatsevtika yo‘nalishidagi talabalarning amaliy mashg‘ulotlarini kuzatishdi va tajriba almashish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari bilan muloqot qildilar.
![]() |
Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, talabalar almashinuvi va o‘qituvchilar tajriba almashinuvi kabi istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.