Qozog‘istonning Olmata shahrida xizmat safarida bo‘lgan Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti Farmatsevtika va kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston–Rossiya Tibbiyot universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida universitetlar o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida talabalar almashinuvi, akademik mobillik, bakalavr va magistrlarning amaliyotlariga oid masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, universitetning o‘quv laboratoriyalari bilan yaqindan tanishildi.