Qozog‘iston Respublikasi Shimkent shahridagi Muxtar Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining “Tarix va etnologiya” ilmiy markazida xorijiy olimlar ishtirokida “Ilmiy tadqiqotlarda fanlararo aloqalar” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda Alfraganus universiteti Pedagogika kafedrasi dotsent v.b. M. J. Mutalipova hamda “Tillar markazi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh. A. Xamroqulovalar ishtirok etdilar.

Seminar doirasida ular Alfraganus universiteti misolida O‘zbekistonda oliy ta’lim rivojlanishining hozirgi holati, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar mazmuni hamda universitetimizda erishilayotgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdilar.