Alfraganus universitetining Xalqaro ilmiy - tadqiqot markazi rahbari Xo'jayev Mo'minjon Isoxonovich hamda Ijtimoiy fanlar fakultetining o‘qituvchisi Daniyarov Shavkat Ergashevich va tarix yo`nalishining ikki nafar talabalari “Professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligi” dasturi doirasida Qozog`iston Respublikasidagi Shymkent universitetiga tashrif buyurdilar.
Ular universitetda yo`lga qo`yilgan ta`zlim tizimi, undagi shart -sharoitlar bilan yaqindan tanishib, hamkasblari bilan bilim va ko`nikmalari bilan o`zaro almashib, talabalar uchun o`quv seminar-treninglar o`tkazdilar.
Universitet taklifiga binoan vakillarimiz mamlakatning diqqatga sazovor tarixiy obidalarni, shu jumladan Xo ‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildilar.