2024-yilning 10-fevral kuni Qozog’iston respublikasining Chimkent shahrida so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro  ko'rik-tanlovda Alfraganus universiteti talabalari ham faol ishtirok etdi. Ushbu tanlovning qizg'in kechgan shartlarida qoshni davlatlarning 20 nafardan ortiq talaba yoshlari qatnashdi. O'z iqtidori va bilimini ko’rsata olgan Alfraganus universiteti O'zbek filologiyasi yo'nalishi 2-bosqich talabasi Sayfiyev Salohiddin 3-o'ringa munosib deb topildi.