QS universitetlar reytingida 33 - o’rinda turgan Xitoyning Zhejian universiteti professori Dr.Shadiev Rustam universitetimizga tashrif buyurdi.
Universitetimiz tomonidan mehmon ishtirokida kichik doirada uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog`ida professor Dr.Shadiev professor - o`qituvchilarning “Scopus and Web of Science” maqolalarini yozish bo`yicha o’z tajribalarini o’rtoqlashdi.
Shu o`rinda aytish joiz, Zhejiang universiteti, UNESCO-APEID IX-Xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qilgan. Ushbu “Tadbirkorlik ta`limini rivojlantirish bo`yicha X-Xalqaro konferensiya”siga esa bu safar Alfraganus universiteti mezbonlik qilishi va u Toshkent shahrida o`tkazilishi UNESCO rahbariyati tomonidan tasdiqlangan. Mehmon aynan ushbu masalalar yuzasidan ham o’z tavsiyalarini berib o’tdi.
r r r Yakunda, professor Dr.Shadiev Rustam rektor Muxammadismoil Maxmudovga Zhejian universiteti nomidan esdalik sovg`alarini topshirdi.