Qadrli va muhtarama onalar, go’zal opa-singillar! Dono va oqila talaba qizlarim!

Avvalo, sizlarni va Sizlar orqali onajonlaringizni, opa-singillaringizni 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchangiz yuksak hurmat - e’tiborga loyiqsiz!

Biz uchun Sizlar bor bo’lgan har kun bayramdir. Chunki bu bayram dilimizdagi siz, azizlarga boʻlgan samimiy hurmat va ehtiromimizni, mehr-u muhabbatimizni yana bir bor ifoda etishga imkon yaratadi.

Sizlar Yaratganning buyuk moʻjizasisiz! Biz sizlarni eng avvalo muhabbat va sabr timsoli deb bilamiz. Aql-zakovatingiz, sadoqatingiz, minnatsiz mehringiz uchun sizlardan bir umrlik qarzimiz bor.

Universitetimiz kelajagini yaratishda biz Sizlarga, Sizlarning shijoatingizga, aql-zakovatingizga, buyuk fazilatlaringizga tayanamiz.

Bayramingiz muborak bo’lsin. Go’zallik, baxt, quvonch aslo tark etmasin!

Hurmat bilan,

Alfraganus universiteti rektori M.M.Maxmudov