Bugun — Vatanimizning taraqqiyot sari yetaklovchi, ertangi kunimizning ishonchli vakillari bo‘lgan siz, aziz yoshlar uchun muhim sana — 30 - iyun - Yoshlar kuni!

Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar har qanday soha va yo‘nalish uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Bugungi kunda Alfraganus universiteti jamoasi ham ana shu buyuk maqsadga hamqadam bo‘lib, sizlarning har tomonlama yetuk va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib shakllanishingizga munosib hissa qo‘shmoqda.

Sizlar — biz uchun faxr, kelajak taraqqiyotimizning poydevori va eng katta umidimizsiz. Ijodkorlik, tashabbuskorlik, ilmga chanqoqlik va Vatanga muhabbat — sizlarning bosh fazilatingiz bo’lib qolsin!

Har biringizni chin qalbimizdan Yoshlar kuni bilan muborakbod etamiz! Fikrda – erkin, bilimda – benazir, jasoratda – yetakchi bo‘ling. Yangi g‘oyalar, katta yutuqlar va buyuk orzular sari dadil qadam tashlang! Biz Siz bilan birgamiz!

— Muxammadismoil MAXMUDOV

Alfraganus universiteti rektori,

Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent