Alfraganus universitetida yanvar oyi “Kitobxonlik oyligi” deb e’lon qilingan edi. Ushbu oyda universitet Axborot resurs markaziga faol qatnagan eng yaxshi kitobxonlar ro’yxati aniqlandi.
TAQDIRLANADI:
— Avazov Normut Hakimovich-Filologiya fakulteti, Jurnalistika yo’nalishi o'qituvchisi
— Mirzayeva Salomat Mirmuhsin qizi- Iqtisodiyot fakulteti, 2 - bosqich talabasi
— Universitet kutubxonasiga eng ko’p kitob sovg’a qilganligi uchun Filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Sultonova Shoxista Abdusalomovna taqdirlanadi.
TABRIKLAYMIZ!!!
P/s:. G’oliblar 5-fevral kuni soat 15:00 da universitet Matbuot bo’limidan sovg’alarini olib ketishlari so’raladi.