Assalomu alaykum, hurmatli Alfraganus universiteti jamoasi va aziz hamkorlar!

Bahor nafasi, yangilanish va ezgulik ayyomi — Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Ushbu qutlug‘ kunlar qalblarimizga iliqlik, mehr-oqibat va yangi umidlar olib kiradi. Shu munosabat bilan universitetimiz professor-o‘qituvchilari, fidoyi xodimlari, bilimga chanqoq talaba-yoshlari hamda barcha hamkorlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Navro‘z — bu nafaqat tabiat uyg‘onishi, balki inson qalbining ham yangilanishidir. Ushbu go‘zal ayyom har biringizga sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va barakali hayot olib kelsin.

Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz yanada mustahkam bo‘lib, kelajak sari dadil qadam tashlashda barchamizga kuch-g‘ayrat ato etsin!

Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Azizbek Ismailov,  

Alfraganus universiteti rektori,  

Iqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.