Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar va qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni yurtimiz tarixidagi eng ulug‘ va eng aziz sana — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Alfraganus universiteti jamoasi ham mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish, yurtimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda. Yurtimiz kelajagi — yoshlarimizning bilimli, salohiyatli va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishi bizning eng ustuvor vazifamizdir.

Aziz do‘stlar!

Yangi davrda ham birgalikda ezgu maqsadlar yo‘lida sobitqadam bo‘lib, Vatanimiz ravnaqi uchun fidoyilik bilan xizmat qilishda davom etamiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Azizbek Ismailov

Alfraganus universiteti rektori, Iqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent