Alfraganus universiteti rektori Azizbek Ismailov rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘lib turibdi.
Ayni kunlarda AQSHning New York shahri, Manhattan hududidagi mashhur Times Square maydonidagi ulkan ekranlarda Alfraganus universiteti roliklari har soatda namoyish etilmoqda. Bu esa o‘z navbatida universitetimiz faoliyati va yutuqlarining xalqaro maydonda ham keng targ‘ib qilinayotganidan dalolat beradi.
Rektorimiz Azizbek Ismailovning xizmat safari doirasida qator uchrashuvlar belgilangan bo‘lib, universitetimiz uchun manfaatli yangiliklar kutilmoqda. Bizni kuzatib boring!

