Alfraganus universiteti professori v.b. Sh.M.Sultonova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va Farg‘ona davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan tayyorlangan “Milliy neyropsixolingvistik tashxislash metodikasini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida o‘tkazilgan navbatdagi seminarda ishtirok etdi.
Mazkur seminarga Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan loyiha hamkori neyropsixolingvistika va klinik tilshunoslik bo‘yicha yetakchi mutaxassis, Til va miya markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor O.V.Dragoy loyiha ishtirokchilari bilan til o‘rganish muammolari va uning ilmiy yechimlari hamda ushbu masalalar bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar to‘g‘risida suhbat olib bordi.