Ayni kunlarda Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti, Xorijiy tillar kafedrasi professor-o'qituvchisi Shoxista Sultonova Rossiya Federatsiyasining Rostov-Don shahridagi Janubiy federal universitetida xizmat safarini olib bormoqda.
![]() |
![]() |
![]() |
Safar davomida universitetning rus tilini chet tili sifatida o‘qitish, uning metodikasi, fanlar dasturlari, ishlanmalari, hamkorlikda monografiya chop etish, magistratura uchun tarmoqli modul dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha reja tuzish hamda chet ellik talabalarga vizit-professor sifatida dars o‘tish professor-o'qituvchimiz tomonidan amalga oshirilmoqda.




