Alfraganus universiteti hamshirasi Sayyora Kaldanbayeva tashabbusi bilan haftaning har dushanba kuni "Salomatlik kuni" deb e’lon qilinib, muntazam targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Tadbir doirasida OITS (OIV infeksiyasi) va uning zararli oqibatlari haqida targ‘ibot materiallari tarqatildi, shuningdek, hamshira tomonidan tushuntirish ishlari ham amalga oshirildi.

Bunday tashabbuslar talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.