Alfraganus universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i Go'zal Ergasheva tomonidan kafedralarda ilmiy daraja va ilmiy unvonlarni olish bo'yicha talabgorlarga amaliy yordam berish maqsadida seminar-trening o'tkazildi.


Seminar-treningda quyidagi mavzular yoritildi:
— “OAKdan dotsent va professor ilmiy unvonini olish tartiblari”
(Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor N.Mo'minov)


— “OAKdan dotsent va professor ilmiy unvoniga talabgorlar tomonidan kafedra, fakultet va universitet Kengashlariga tegishli hujjatlarni tayyorlashda quyiladigan kamchiliklarni bartaraf qilish”
(universitet Kengash kotibi F.Do'smanov)


— “Kafedralarda yillik ilmiy ishni tashkil qilish, o'quv-yil davomida har oyda bir marta o'tkaziladigan Kengash kun tartiblarida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqotlar olib borayotganlarga hisobotini kiritish, amaliy yordam berish, sharoit yaratish”
(Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig‘i G.Ergasheva)