Alfraganus universitetida Amerikaning Missuri shtatidagi Sent Luis universiteti (Saint Louis University) professori, tibbiyot fanlari doktori, ortoped-xirurg shifokor - Djoldas Kuldjanov mehmon bo`ldi.

Djoldas Kuldjanov - o’zbekistonlik olim, Samarqand tibbiyot universiteti bitiruvchisi bo’lib, ko’p yillar Toshkent shahrida shifokorlik faoliyatini olib borgan. Shuningdek, xorijdagi samarali akademik va professional faoliyatlari uchun ko’plab nufuzli oliy ta’lim muassasalarining faxriy doktorlik unvonlariga sazovor bo’lgan. Olim, ayni paytda Amerika Qo’shma Shtatlaridagi Sent Luis universitetining SSM Health shifoxonasida ortoped-xirurg shifokori bo’lib xizmat qilib kelmoqda.

Rektor Muxammadismoil Maxmudov boshchiligida o`tkazilgan uchrashuvda qizg’in suhbat va istiqbolli loyihalar haqida gaplashib olindi. Asosiy e’tibor O’zbekistonda tibbiyotni rivojlantirish imkoniyatlariga qaratildi. Bu o’rinda universitetimiz tibbiyot fakultetini Dj.Kuldjanov faoliyat yuritadigan Sent Luis universiteti bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari va fakultetda beriladigan ta’lim sifatini rivojlangan davlatlar darajasiga chiqarishga alohida urg’u berildi. Shu maqsadda Alfraganusda faoliyat yurituvchi mutaxassislar Amerika Qo’shma Shtatlariga tashrif buyurgan holda, ta’lim dasturlari, laboratoriyalar, davolash muassasalari, klinika faoliyati va boshqa qator foydali loyihalarni o’rganish imkoniyatlari to’g’risida rejalar tuzildi.

Mazkur ishlarni samarali tashkil etish va yo’lga qo’yish maqsadida mehmon universitetimiz rahbariyati va soha mutaxassislarini Amerika Qo’shma Shtatlarining Sent Luis universitetiga rasmiy tashrif uchun taklif etdi.