Alfraganus universitetiga Shvetsariya Schaffhausen Institute of Technology universiteti professori Said Irandos tashrif buyurdi.
Said Irondas bugungi kunda Amerika Qo'shma Shtatlaridagi Arizona universitetida ham (QS 200 o'rinda turuvchi) mas'ul xodim sifatida Sintana ta'limi bo'yicha dars va treninglar o'tkazib keladi.
Hamkorlarimiz universitetimizga tashrifdan maqsad, faoliyati bilan yaqindan tanishib, hamkorlikni yo'lga qo'yib, qo'shma ta’lim dasturi haqida kelishib olish ekanligini bildirdi.
Aytish joiz, suhbat chog'ida, kelgusida Arizona (QS 200 o'rinda turuvchi) universitetining O'zbekistondagi filialini ochish to'g'risida fikrlar almashildi.