Talabalarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, ularni yuksak ma’naviyatli shaxs etib tarbiyalash, shuningdek, giyohvandlik va zararli odatlarga qarshi immunitetni mustahkamlash maqsadida Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo‘nalishi R/4-potok talabalari o‘rtasida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir fakultet ta’lim-tarbiya maslahatchisi F. Musayeva boshchiligida “Zararli odatlarga yo‘q deymiz – sog‘lom kelajak uchun esa ha!” shiori ostida o‘tkazildi.

Seminarda sog‘lom hayot tarzi, zararli odatlarning inson salomatligiga ta’siri, yoshlar o‘rtasida sog‘lom fikr va odatlarni targ‘ib qilishning dolzarb jihatlari haqida atroflicha fikrlar bildirildi.