Filologiya fakulteti ta’lim-tarbiya maslahatchilari tomonidan talabalar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
![]() |
Tadbir davomida Tibbiyot kafedrasi dotsenti, PhD Xo‘jayeva Shahnoza Absamatovna tomonidan talabalarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, inson salomatligini asrash, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda OITS va uning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
![]() |
![]() |
Shuningdek, yoshlarda sog‘lom fikrlashni shakllantirish, o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish, to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam sport bilan shug‘ullanish hamda faol hayot tarzini olib borishning ahamiyati yuzasidan tavsiyalar bildirildi.




