Alfraganus universitetida haftaning chorshanba kuni “Sport kuni” munosabati bilan Stomatologiya va farmatsiya fakulteti tarkibidagi Farmatsevtika va kimyo kafedrasi hamda Stomatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqa professor-o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoada o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Bellashuv jarayonlari yuqori kayfiyat, do‘stona muhit va sport ruhida kechdi. Ishtirokchilar o‘zlarining intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi hamda strategik yondashuvlarini namoyon etdilar.