Prezident tashabbuslari hamda 2025–2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan “Yoshlarning g‘oya, loyiha hamda startaplariga ko‘mak berishga doir kompleks chora-tadbirlar” dasturi doirasida Alfraganus universitetida startap loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlar va tadqiqotchilar o‘rtasida startap loyihalarni shakllantirish, innovatsion g‘oyalarni aniqlash, bozor ehtiyojlarini tahlil qilish hamda loyihalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, startap loyihalarni yaratish bosqichlari, ularni rivojlantirish va iqtisodiy samaradorlikka erishish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.