Yozgi mavsum — dam olish davri, biroq e’tiborsizlik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bugungi kunda daryolar, soylar, kanallar, ariqlar, suv omborlari va fermer xo‘jaliklarining sun’iy suv havzalarida (membrana hovuzlarida) cho‘milish oqibatida ko‘plab baxtsiz hodisalar qayd etilmoqda.

Bunday joylarda cho‘milish mutlaqo xavfli va taqiqlangan! Suv osti oqimlari, noma’lum chuqurliklar, o‘tkir toshlar va ifloslangan suv inson hayotiga bevosita xavf tug‘diradi.

Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling — hayotingizni asrang!