Alfraganus universiteti rektori tashabbusi bilan universitetda "Kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi takliflar" tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovda nafaqat talabalar, balki, professor-o’qituvchilar ham ishtirok etishlari mumkin.
Universitetimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga oid eng ijodiy, amaliy va samarali g‘oyalar uchun mukofot ajratilmoqda.
Shartlar:
– Talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirishga qaratilgan takliflar;
– Loyiha, tadbir, raqamli platforma, jamoaviy tashabbus yoki ijodiy yondashuv shaklida berilishi mumkin.
Takliflar qabul qilish muddati:
1-31-iyul
Takliflar:
onlayn: @Otabek_027;
oflayn: Universitet matbuot bo’limiga konvertda topshiriladi.
G‘oliblar 1-avgust kuni telegram kanalimizda rasmiy e’lon qilinadi.