Alfraganus universitetining bir guruh iqtidorli talabalari talaba almashinuv dasturi doirasida Malayziyaning Universiti Pendidikan Sultan Idris (UPSI) oliygohiga jo‘nab ketdilar.
Bu tashrif – ilmiy o‘sish, xalqaro tajriba orttirish va yangi madaniyatni o‘rganish yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.
UPSIda talabalar uchun zamonaviy o‘quv binolari, raqamli kutubxonalar, tajriba laboratoriyalari va ilg‘or akademik muhit mavjud. Bo‘sh vaqtlarida esa talabalar yashil va qulay kampus, sport infratuzilmalari, madaniy sayohatlar va hordiq uchun shinam maskanlardan bahramand bo‘lishmoqda.