Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti talabasi, "Xalqaro tanlovlar" klubi rahbari Sirojiddin Anorov Samarqand shahrida o'tkazilgan "Buyuk meros: Tarix, madaniyat va milliy qadriyatlar" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada o'zining ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Undan tashqari konferensiya tashkilotchilari tomonidan unga maxsus ko'krak nishon, esdalik sovg'alari hamda Misr davlatiga bepul sayohat yo'llanmasi topshirildi.
Tabriklaymiz!