Alfraganus universiteti Pedagogika fakulteti talabalari 375-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta‘lim tashkilotida o‘tkazilgan "Navro‘z sayli" tadbirida faol ishtirok etdi. 

Tadbir davomida talabalar tomonidan alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolajonlar uchun ertak sahnalari, milliy raqslar va o'yinlar tashkil etilib, "Navro'z taomlari"  ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.