O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil "Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yili" deb e’lon qilingan.

Shu munosabat bilan Filologiya fakultetida rus tili o‘qituvchilari talabalar bilan suhbatlar o‘tkazib, ularni tabiatni asrash va atrof-muhitga e’tiborli bo‘lishga chaqirmoqda.

Pedagogika fakultetida esa “Tabiat” mavzusiga bag‘ishlangan dars–ekskursiya tashkil etildi. U Toshkent shahridagi Botanika bog‘i va Zoologiya bog‘ida o‘tkazildi. Talabalar flora va fauna vakillari hamda ularning turlari bilan yaqindan tanishdilar.