Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti tyutorlari Z. Maxmatqulova, J. Akkulov, O. Jalilov va A. Zulfiqorov boshchiligida talaba-yoshlar bilan birgalikda “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurildi.Tashrif davomida talabalar XIX asr oxiridan to mamlakatimiz mustaqillikka erishgan davrgacha bo‘lgan tarixiy voqealarni, o‘sha davrga oid hujjatlar, rasmlar va eksponatlarni ko‘zdan kechirdilar.
![]() |
Shuningdek, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar bilan ham tanishdilar.
![]() |
Ushbu tashrif — ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, ularning ozodlik yo‘lida qilgan fidoyiliklarini qadrlash va ma’naviy yetuk, tarixiy xotiraga ega yoshlarni tarbiyalash maqsadida tashkil etildi.