Alfraganus universitetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirish maqsadida turli klub va to‘garaklar faoliyat yuritadi.

Universitetda sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va zakovat bellashuvlari, ijodiy tanlovlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, startap va innovatsion loyihalar, shuningdek, yoshlar uchrashuvlari hamda treninglar muntazam tashkil etib boriladi.

Mazkur faoliyatlar talabalarga bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish, yangi do‘stlar orttirish hamda o‘z salohiyatini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.